BMT duşanba kuni 2017 yilning boşidan buyon davomli mojarolardan keyin 125 ming nafar afğon öz vatanini tark etişga majbur bölganini ma'lum qildi. 

AQŞ Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi (GMMB)ning ma'lumotlari sönggi ikki haftaning özidayoq 22 ming kişi mamlakatdan çiqib ketganini tasdiqlamoqda. 

Şunday bölsa-da, GMMBda bu ma'lumotlar ötgan yilning şu davridagi körsatkiçlarga nisbatan 28 foiz kam ekani ta'kidlangan. 

Tahlilçilarning fikriça, körsatkiçlarning pasayişiga ziddiyatlar asosan bir joyda röy berayotgani, u yerdagi aholi esa allaqaçon mamlakatni tark etib bölgani sababdir. Boşqa tomondan esa, qaşşoqlikning ösişi köp farzandli oilalarda köçiş imkonining yöqligiga işora qilmoqda. 

Bugungi kunda Afğoniston şaharlarida xavf ortgan - avvallari xavfsiz hisoblangan hududlar bugun notinç. Masalan, Kobul muntazam ravişda "Tolibon" va "IŞID" hujumlariga yöliqmoqda. Buning natijasida esa yuzlab tinç aholi öldirilmoqda va jarohatlanmoqda.