AQŞning Vaşington va Merilend ştatlari boş prokurorlari AQŞ prezidenti Donald Trampni davlat rahbari lavozimiga kirişgaç biznes bilan aloqani uzmagani tufayli konstitutsiyani buzganlikda ayblab, uning ustidan arz qilişdi. Bu haqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, da'vo arizasi Merilend ştati sudiga berilgan. Bu ştatlar boş prokurorlari Karl Rasin va Brayan Froşning aytişiça, Tramp mulk bilan boğliq operatsiyalarda iştirok etişda davom etayotgani va boşqa yösinda biznesga jalb qilinganini aytişgan. Bu esa AQŞ konstitutsiyasiga köra, manfaatlar ziddiyati sifatida tan olinişi mumkin.
"Prezident iştirokidagi manfaatlar ziddiyati demokratiyamizga xavf solmoqda", deb aytdi prokurorlardan biri arizani topşirgandan keyin jurnalistlarga. "Prezident tomondan konstitutsiyaning buzilişi davom etayotgani va Amerika xalqi huquqlari inobatga olinmayotganini maqbul holatdek qabul qila olmaymiz", deb qöşimça qildi prokuror.
Oq uy rasmiy vakili Şon Spayserning aytişiça, Trampning biznes manfaatlari konstitutsiyani buzmaydi.
"Da'vo arizasining berilişidan asl maqsad ehtimol partiya siyosati ekanligi haqida xulosa çiqariş qiyin emas. Biz da'vo arizasining işçi tartibda körilişi töxtatilişi sari harakat qilamiz", deb aytgan Spayser.
Avvalroq Washington Post naşri Tramp prezident lavozimiga kirişgaç ham "xorijiy hukumatlardan millionlab dollarlar" olayotganlikda gumon qilinayotganini ma'lum qilgandi. Naşr ma'lumotlariga köra, ştatlar boş prokurorlari ötgan yil Oq uy yaqinida oçilgan Trump International Hotel mehmonxonasi faoliyatidan xavotir bildirmoqdalar.












