Amerika razvedkasi isroillik hamkasblari kömagida IŞID terrorçilari rejalaridan voqif bölişgan. Terrorçilar noutbuklardan samolyotlar uçun bommba sifatida foydalanişni qasd qilişgan, deb yozmoqda The New York Times.
Naşrning Amerika vakillariga tayangan holda yozişiça, Isroilning kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislari "bir neça oy muqaddam Suriyada portlovçi qurilmalarni tayyorlaş böyiça unça yirik bölmagan guruhga qöşilişgan". "Şu bilan, AQŞ terrorçilarning noutbuk batareyalariga öxşaş bölgan portlovçi moslamalarni işlab çiqayotgani va aeroportlardagi tekşiruv tizimlarini "aldaşi" mumkinligidan xabar topgan", — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, bu ma'lumot asosida "AQŞ va Buyuk Britaniyada mart oyidan boşlab asosan musulmon aholiga ega 8 mamlakatning 10 aeroportidan samolyot bortiga yirik elektron qurilmalarni olib çiqiş taqiqlandi".












