Microsoft'ning ikkiga buklanuvçi mobil qurilmasi bilan boğliq yangi patentlari bundan avval paydo bölgan Surface Phone (yoki Surface Mobile) haqidagi gap-sözlarni tasdiqlaydi. Bundan taşqari, kompaniya bu ğoyani 2009 yildan buyon saqlab kelmoqda yoxud Windows Phone bilan boğliq muammolar fonida uni qaytardi. Hi-Tech şu haqdagi ma'lumoti bilan bölişdi.

Yangi patentlarda asosiy e'tibor qurilmaning mexanik qismi - şarnirga qaratiladi, ularda qurilma 3 konfiguratsiyaga ega bölişi aniq körsatilgan: 0 daraja - "yopiq", 180 daraja - "tekislik" va 360 daraja - "töliq oçiq". Bundan oldingi tarqalgan ma'lumotlarda şunga öxşaş körsatkiçlar haqida söz borgandi. 

Patentda şuningdek ekranning turli burçaklarida turli foydalanuvçi interfeysi aks etişi ta'kidlangan. Boşqa ma'lumotlarga köra, qurilmaga tölaqonli Windows tizimi örnatiladi. 

Çizmalar şuningdek qurilmaning ölçamlariga oid ma'lumotlarga ham işora qiladi - bu ikkisi birda bölgan noutbuk emas, balki smartfon (yoki fablet) bölsa kerak. 

Ta'kidlaş joizki, Microsoft ançadan beri şunga öxşaş qurilma ustida işlamoqda va aynan şu Satya Nadella intervyuda közda tutgan "inqilobiy" qurilma bölişi mumkin. Microsoft'ning 2009 yilgi «Future Vision» kontseptual videosi buni yana bir bor tasdiqlamoqda.