Panamaning sobiq prezidenti Rikardo Martinelli AQŞning Mayami şahrida hibsga olindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Martinelli Panama oliy sudining murojaati bilan AQŞ federal marşallari xizmati tomondan hibsga olingan. Axborot agentligining ma'lum qilişiça, Martinelli 2009 yildan 2014 yilgaça, ya'ni prezident bölgan davrda 150 dan köproq odam ortidan kuzatuv olib borişni taşkillaştirgani uçun Interpol tomondan xalqaro qidiruvga berilgandi.
Bundan taşqari, siyosatçi korrupsiyada ayblanmoqda. Agar u aybdor deb topilsa, 21 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Biroq Martinelli avvalroq ma'lum qilganidek, u siyosiy ta'qib qurboniga aylangan. Martinelli Panamani 2015 yilda tark etgan.












