Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, AQŞ Çeçenistonda terrorçilarni qöllab-quvvatlagan. Bu holat federal qöşinlar uşbu mintaqada kampaniya ötkazganida röy bergan. U bu haqda rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib ötdi. Film Showtime telekanalida namoyiş etilgan.
«Agarda siyosiy qöllab-quvvatlov haqida gapirsak, bunda dalil-isbotlarga hojat yöq. Axir bu oçiq-oydin qilingan. Tezkor qöllab-quvvatlov, moliyaviy jihatga keladigan bölsak – bizda bunday dalillar bor, hamda, bundan taşqari, ularning ba'zi birlarini amerikalik hamkasblarga taqdim etdik ham», - dedi u.
Putinning sözlariga köra, u bu haqda AQŞ sobiq prezidenti Jorj Buşga xabar qilgan. U Buşga Kavkazda işlagan hamda “qandaydir umumsiyosiy qöllab-quvvatlovni emas, balki texnik kömak körsatgan, u yerda jangarilarni bir yerdan boşqa joyga taşlagan” amerikalik maxsus xizmatlar xodimlari familiyasini ham körsatgan.
“AQŞ prezidentining reaksiyasi juda töğri, juda salbiy bölgandi. U: “Men buni hal qilaman”, dedi”, - deya aytib ötdi Putin.












