Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, NATOni şarqqa qarab kengaymasligiga kafolat yöq ekani sobiq Ittifoq sobiq prezidenti Mixail Gorbaçyovning xatosidir. U bu haqda rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib ötdi. Film Showtime telekanalida namoyiş etilgan.
«Bu qoğozda qayd etilmagan. Bu xato, Gorbaçyovning xatosi. Siyosatda narsalarni qayd etib boriş kerak. Hattoki qayd etilgan narsalar ham köp bora buziladi. U şunçaki gaplaşdi va şu bilan hammasi tugadi, deb öyladi. Bunday emas», - dedi u.
Putinning sözlariga köra, Germaniyani birlaştiriş va sobiq Ittifoq askarlarini Şarqiy Yevropadan olib çiqiş masalasini hal qilişda AQŞ va Şimoliy Atlantika alyansi rahbariyati, xususan, NATO sobiq boş kotibi Manfred Verner sobiq Ittifoqqa alyansning şarqiy çegarasi GDR şarqiy çegarasidan oldinga qarab surilmasligini ma'lum qilişgan.












