Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Maktub matni O‘zbekiston TIV rasmiy saytida keltirilgan.
«Baykalorti o‘lkasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim», – deyiladi maktubda.
Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy ta'ziya va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tilagan.
11 iyun oqshomida Rossiyaning Irkutsk — Chita trassasida ibodatdan qaytayotgan ziyoratchilar tushgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi va 25 kishi jabrlandi.
Mavzuga oid
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
12:29 / 05.07.2026
Chitada benzin urush faxriylariga navbatsiz quyib berilmoqda
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026