Janubiy Koreya poytaxti Seulning ğarbiy qismida joylaşgan Yonsey universitetida portlaş yuz berdi. Portlaş oqibatida universitet professori jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Politsiyada ma'lum qilinişiça, quti içiga joylaştirilgan portlovçi modda oliy ta'lim muassasasining muhandislik fakulteti binosida işlovçi professor xonasida portlagan.
Professorning aytişiça, u eşik tutqiçida osilib turgan sumkada quti topib olgan. "Men qutini oçganimda, u tösatdan portlab ketdi", deb aytgan professor. Oqibatda erkak kuyiş jarohatlari olgan va şifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyiga politsiyaning maxsus bölinmalari yuborilgan, universitet qurşab olingan. Politsiya terakt versiyasini istisno qilmayapti.












