Tayvan hukumatining ma'lum qilişiça, Panama tomonidan diplomatik aloqalarni uzilişi afsusli va ğazabga sabab bölmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Tayvan TIV Panama uşbu davlat bilan diplomatik aloqalarni uzişi va Xitoy bilan rasmiy aloqalarni örnatişi haqida ma'lum qilgaç, şunday bayonot bilan çiqqan.

RIA Novosti’ning xabar berişiça, Tayvan taşqi işlar vaziri Devid Li Panama bilan barça aloqalar va hamkorlik darhol töxtatilişini ma'lum qildi hamda bu davlatning diplomatik missiyasi barça xodimlaridan Tayvanni tark etişni talab qildi.

Öz navbatida Xitoy TIV rahbari Van I XXR va Panama savdo, sarmoyalar, dengiz işi hamda turizm sohalarida hamkorlik qilişini aytib ötdi.

Avvalroq Panama Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar bergandik.