Özbekiston va Hindiston özbek mahsulotlarini uşbu mamlakatga yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Özbekiston taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev ma'lum qildi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Ostonada bölib ötgan Ostona sammiti doirasida Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar ötkazgan edi.
 
Ğaniyev, Özbekiston telekanaliga bergan intervyusida mazkur muzokaralar natijasini izohlar ekan, tomonlar 1 mlrd dollardan ortiq mineral öğitlar, tabiiy uran, dukkakli donlar, sarxil va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlari, mis, noyob va boşqa turdagi rangli metallar, elektrotexnika, kabel, paxta tolasi mahsulotlarini yetkazib berişga kelişib olganini ta'kidladi. 

Özbekiston Prezidenti va Hindiston Boş vazirlarining qayd etişlariça, mamlakatlar investitsiya, tibbiyot va farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça ulkan salohiyatga ega. 

Ğaniyevga köra, Özbekiston va Hindiston dori-darmonlar işlab çiqariş va tibbiy xizmatni yaxşilaş borasida hamkorlik qiliş, ipakni qayta işlaş va yuqori qöşimça qiymatga ega tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etişni rejalaştirmoqda. 

Şu bilan birga, ikki davlat axborot texnologiyalari, xususan dasturiy ta'minotlar işlab çiqiş sohasida hamkorlik qiladi.