14 iyun kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi bölib ötdi. U “O’zbekiston 24 : axborot makonidagi yangi istiqbollar” mavzusida taşkil etildi. Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, “O’zbekiston” teleradiokanalining “Axborot” dasturi yangi formatda saqlab qolinadi. 

“Axborot” dasturi taqdiri bizlarni tomoşabinlardan kamroq taşvişlantirayotgani yöq. Uning kelgusi taqdiriga biz befarq emasmiz, şu sababli biz bu dasturni saqlab qolamiz”, – dedi sessiyada iştirok etgan ÖzMTRK raisi birinçi örinbosari Bobir Alixonov. 

Yangiliklar dasturi “O’zbekiston 24” va “O’zbekiston” teleradiokanallarida bir vaqtda efirga uzatiladi. Biroq, dasturning özi “O’zbekiston 24” teleradiokanali tasarrufiga ötadi va uşbu teleradiokanal tomonidan tayyorlanadi. 

Alixonovning qöşimça qilişiça, “uşbu dastur 10lab yillar mobaynida aholining keng qatlami kuzatib kelgan asosiy dastur bölgan”. Şu sababli, u yangi taşkil etilayotgan teleradiokanal dasturlarida saqlab qolinadi. 

ÖzMTRK raisi birinçi örinbosarining qayd etişiça, «Axborot» dasturi körinişi biroz özgargan şaklda saqlab qolinadi. Ammo, uning «mohiyati özgarmaydi».

«Ehtimol bu kunning yakuniy yangiliklar dasturi sifatida özbek va rus tillarida efirga uzatiladigan «Axborot 24» dasturi bölar», – deb qayd etdi Alixonov.

Bundan taşqari, Alixonov “Tahlilnoma” körsatuvi taqdiriga ham oydinlik kiritib, yaqin orada yangi teleradiokanalda unga öxşaş körsatuv paydo bölişini ta'kidladi. 

Ma'lumki, avvalroq, ÖzMTRK teleradiokanallaridagi “Axborot”, “Tahlilnoma”, “Davr”, “Poytaxt” va boşqa yangiliklar dasturlari tugatilişi, ularning örnida bir kunda 24 soat mobaynida efirga uzatiluvçi “O’zbekiston 24” teleradiokanali taşkil etilişi haqida xabar qilingan edi.