14 iyun kuni Oq uy egasi Donald Tramp 71 yoşga töldi. Köplab mojaroli vaziyatlarga aralaşib qolgan milliarder, bugungi kunda esa – mojaroli prezidenti Nyu-Yorkda, Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganidan bir yil ötib, yirik tadbirkor Fred Trampning oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi köçmas mulk savdosi tufayli badavlat şaxsga aylangan. Donald otasining izidan bordi va uning kompaniyasini Donald Tramp Kompaniyasiga özgartirdi. Bugunda uning davlati taxminan 4 mlrd dollarga teng.
Tramp AQŞ prezidenti lavozimini egallagunga qadar, teleşoular, filmlar va seriallarga prodyusserlik qilgan, biroq uni muvaffaqiyatli siyosatçi, deb ataşga hali vaqtli: uning deyarli barça taşabbuslari kongress tomonidan tösib qöyilmoqda, taşqi siyosiy strategiya esa hozirça aniq emas.
«Tizimsiz» Tramp «tizimli» respublikaçilarning ğaşiga tegmoqda, uning Amerika siyosatidagi örni esa özining biznes-imperiyasidagi boş bino – Nyu-Yorkdagi «Tramp minorasi»ni eslatib yuboradi. Köpçilik nyu-yorkliklar uni şahardagi eng ğaşga teguvçi inşoot, deb hisoblaydilar. Ammo Tramp katta siyosatda uzoq vaqt davomida qolmoqçi va yangi muddatga qayta saylaniş borasida rejalar ham tuzmoqda.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida

Donald Tramp bolaligida

Donald Tramp yoşligida

Donald ota rolida

Donald va Ivana Tramp























