Qirğiziston GoldenRock nomini olgan milliy kriptovalyuta emissiyasini tayyorlamoqda. «Izvestiya» gazetasi şu haqdagi xabari bilan bölişdi.

Mamlakat hukumati mazkur loyiha yordamida oltin konlarini oçiş uçun xususiy sarmoyalarni jalb qilişga umid qilmoqda. 

Har bir birlik (token) oltin ekvivalent bilan ta'minlanadi. GoldenRock egalari konni işlab çiqqandan söng uni metallga almaşişlari mumkin. Tokenning aniq qiymatiga doir qaror hozirça qabul qilinmagan.

Naşr bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridagi birinçi şunday davlat loyihasi ekanini ta'kidlamoqda. Qirğiziston boş vaziri Sooronbay Jeenbekov loyihani amalga oşiriş uçun mahalliy "Qirğiziston savdo uyi" davlat kompaniyasini mas'ul sifatida tayinladi. Şuningdek qirğiz kriptovalyutasini yaratişga Rossiyaning "Kript NN" firmasi ham jalb qilindi.