“O’zbekiston 24” teleradiokanali faoliyatida tele- va radiokanal imkoniyatlari va xodimlaridan samarali foydalaniş yölga qöyiladi. Xalqaro Press-klubda bölib ötgan anjumanda iştirok etgan ÖzMTRK raisi birinçi örinbosari Bobir Alixonovning sözlariga köra, telekanal muxbirlari telefon orqali radiokanalga ham özlari yoritayotgan mavzu yoki voqea-hodisa haqida xabar yöllaşadi. Radiokanal muxbirlari, öz navbatida, şu usulda telekanalga xabarlar yuborişi ta'minlanadi.

ÖzMTRK raisi birinçi örinbosari Bobir Alixonov
Teleradiokanal muxbirlari tarmoğidan bir xil foydalaniş natijasida keng qamrovli mediakontent taqdim etiş imkoniyatlari yanada kengayadi, köplab voqealar, tadbirlarni qamrab oliş imkoni paydo böladi.
Bundan taşqari, yangi taşkil etilayotgan teleradiokanal mtrk.uz saytidan alohida faoliyat yurituvçi öz veb-sahifasiga, ilovalariga ega böladi. Undagi mediakontentlardan istalgan kişi foydalanişi mumkin böladi.
Bobir Alixonovning aytişiça, Xalqaro Press-klub studiyasi yangi joyga köçadi, uning hozirgi manzilida “O’zbekiston 24” telekanali studiyasi taşkil etiladi. Yangi studiya öta zamonaviy Hi-Tech uslubida bezatiladi. Barça olib kelinayotgan texnikalar, asbob-uskunalar va jihozlar ham yangi, zamonaviy texnikalardir.
Şu bilan birga, “O’zbekiston 24” jurnalist xodimlarining malakasini oşiriş böyiça jiddiy amaliy işlar körilmoqda. Bunda, ustoz-şogird an'anasidan tortib, yetakçi xorijiy OAV mutaxassislarining mahorat-darslarini taşkil etiş, xodimlarning xorijiy mamlakatlarga malaka oşiriş safarlarini oşiriş e'tibordan çetda qolayotgani yöq.
Bobir Alixonovning ta'kidlaşiça, yangi teleradiokanal ÖzMTRKning öz moliyaviy imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda taşkil etilmoqda. Uning xodimlariga tölanadigan maoşlar, qalam haqi va boşqa barça moliyaviy çiqimlar davlat byudjyetidan emas, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi mablağlari tomonidan qoplanadi.

















