Raqobat qömitasi raqamli televideniye xizmatlarini körsatuvçi provayderlarga (teleradiokanallar) körsatma xati yubordi.
Qömitaning qayd etişiça, bunga oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatişda (joylaştirişda) qonunçilik talablarining buziliş holatlari sabab bölgan.
Körsatmada telekanallardan bir oylik muddatda reklamaga oid öz faoliyatini amaldagi qonunçilik talablaridan kelib çiqib muvofiqlaştirişi va qayta körib çiqişi söralgan.
«Uşbu körsatma xati talabalaridan kelib çiqib, qömita öz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari ötkazadi va örganişlarda qonunbuzilişi aniqlangan taqdirda, uşbu holatga yöl qöygan sub’yektlarga nisbatan qat’iy ta’sirçan çoralar, şu jumladan moliyaviy sanksiyalar qöllanişini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.
















