“Xorijiy tillarni örganişni ommalaştirişni samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Çet tillarini öqitişning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantiriş respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyati tugatildi. 

Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi huzurida ta'lim taşkilotlarining xorijiy tillar pedagoglarining malakasini oşiriş böyiça mobil guruhlar taşkil etiladi. 

Mobil guruhlar, eng avvalo, olis hududlarda joylaşgan yoki xorijiy tillarni öqitiş böyiça körsatkiçi past bölgan ta'lim taşkilotlari öqituvçilarining malakasini oşirişga jalb etiladi.

Negizida xorijiy tillarni öqitişga ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil etiladigan umumiy örta ta'lim muassasalari (207ta) hamda ularga biriktirilayotgan oliy ta'lim muassasalari röyxati tasdiqlandi. 

Xorijiy tillar böyiça ötkaziladigan respublika olimpiadalarida iştirokçilarning 4ta könikmasini (tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş) baholaş tartibi joriy etiladi.

2022/2023 öquv yilidan tanlangan umumta'lim maktablari 4-sinf bitiruvçilari, 2024/2025 öquv yilidan esa 9-sinf bitiruvçilarining xorijiy tillarni biliş darajasini aniqlaş böyiça maxsus sinov ötkaziş amaliyoti yölga qöyiladi.

Har bir tuman (şahar)da oçiq tanlov ötkazilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan kamida 2 nafar ingliz tili öqituvçilari va bir nafar boşqa xorijiy til öqituvçisi xorijiy davlatlarga qisqa muddatli malaka oşirişga yuboriladi.  

2021 yil yakunigaça OTMlarda davlat-xususiy şeriklik asosida öqituvçi va talabalarga xorijiy tillarni öqitiş markazlari (kurslari) taşkil etiladi. 

Şuningdek, 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatiladigan teleradiokanallar işga tuşiriladi. Bunda har kuni kamida 3 soatlik dastur xorijiy tillarni onlayn örgatişga ajratiladi.