Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikriça, AQŞning Ukrainadagi siyosati falsafasi şundan iboratki, Ukrainaning Moskva bilan yaqinlaşişiga yöl qöymaslikdir. Ayrimlar bunda RF qudrati kuçayişi borasidagi tahdidni körmoqda. 

"Amerika xalqaro siyosatining bu mintaqadagi falsafasi şundayki, Rossiya va Ukrainaning yaqinlaşuviga yöl qöymasligidir. Çunki, bunda kimdir qandaydir tahdidni körmoqda. Guyo bu Rossiya qudrati manbasi, şu sababli qanday bölmasin Rossiya va Ukrainaning har qanaqa yaqinlaşuviga yöl qöymaslikdir", — degan Putin. U amerikalik rejissyor Oliver Stounning Showtime telekanalida namoyiş qilingan filmida şunday fikrlarni bildirgan. 

Bunda, Putinning qayd etişiça, AQŞda ham, Yevropa mamlakatlarida ham ukrainalik fuqarolarning tanlov erkinligidan boşqaçaa harakat qiluvçilar bor. 

"Ammo, menimça, AQŞ va Yevropadagi köplab hamkorlarimiz ukrain xalqi tanlovi erkinligidan emas, balki aynan şu tasavvurdan kelib çiqqan holda harakat qilişdi. Ukrainada radikallar, millatçi unsurlarni qöllab-quvvatlaş, şu yondaşuv nuqtainazaridan mağlubiyatga uçralmaydi. Şunday ekan, bu ma'noda, uni amalga oşirganlar öz maqsadlariga yetişişdi, ajoyib tarzda amalga oşirişdi", — degan Putin.

"Ammo, muammoga bir lahzalik duşmanlik va qandaydir taşqi tahdidga qarşi öz atrofida vassallarni töplaşga nisbatan kengroq yondaşilsa, jahon hamjamiyati rivojiga qaralsa, avval ham aytganimdek, dunyodagi holat qanday bölişi borasida 25 yil oldinga qaralsa, xalqaro munosabatlar falsafasini özgartiriş mumkin bölardi", — deya qöşimça qilgan Rossiya rahbari.