Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonning, uni Uçinçi Reyx yetakçisi Adolf Hitler bilan soliştirgan sözlariga izoh berdi. Uning aytişiça, Rossiya tomoni ham amerikalik siyosatçilar faoliyatini turli şaxslar bilan taqqoslaşi mumkin, biroq Moskva keskin izohlardan özini tutib turişga harakat qiladi.

Foto:AFP 2017 / Gregg Newton

"Biz uçun bunda yangi nimadir yöq. Biz u bilan şaxsan tanişmiz. U baquvvat ayol. Biz ham turli soliştirişlarni qilişimiz mumkin edi, biroq siyosiy madaniyatimiz tufayli keskin izohlardan özimizni tortib turamiz", - dedi Putin rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida. Film Showtime telekanalida namoyiş etilgan.

2014 yilning martida CNN telekanali Klinton Qrim haqida gapirar ekan, Putin va Hitlerni özaro öxşatgani haqida xabar berdi. Ta'kidlanişiça, Putinning ruslarni himoya qiliş kerakligi haqidagi sözlari, Şarqiy Yevropada yaşovçi, asli kelib çiqişi nemis bölgan kişilarni himoya qilişi haqida ma'lum qilgan Hitlerning xatti-harakatini eslatib yuboradi.

Şuningdek, Vladimir Putinning aytişiça, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili ortida heç kim turmaganida 2008 yilda Janubiy Osetiyaga hujum uyuştirişga yuragi betlamagan bölardi. 

Foto: RIA Novosti 

"Menda uning ortida kimdir turgani, kimdir uni bunga yetaklaganiga 100 foizlik işonç yöq. Biroq, mening fikrimça, u bunday fitnani özi boşlay olmas edi. Men şunday fikrdaman. Har holda uni heç kim töxtatişga urinmagani aniq", - degan Putin intervyuda.

Prezidentning ta'kidlaşiça, Rossiyada “Saakaşvilining xatti-harakatlari nafaqat qöllab-quvvatlatgani, balki buni xuddi Rossiya Gruziyaga hujum qilgandek qilib körsatişga bölgan urinişlardan” hayratga tuşişgan.

"Men ğarb OAV bu hujumda Rossiyani ayblaganini körib, quloqlarim va közlarimga işonmadim. Va asosiysi, bunga millionlab kişilar işondi. Ammo janob Saakaşvili qöşinlarga aksiyani boşlaş haqida özi buyruq berganini ma'lum qilgandi", - deya qayd etdi Rossiya rahbari.

2008 yilning 8 avgustiga ötar keçasi Gruziya qurolli kuçlari Janubiy Osetiyaga hujum qilişdi va uning poytaxti Tsxinvalning bir qismini vayronaga aylantirişdi. Rossiya Janubiy Osetiyaga öz qöşinlarini kiritdi va beş kunlik jangovar harakatlardan söng gruziyalik harbiylarni mintaqadan çiqarib yuborişga muvaffaq böldi.