Sport | 01:16 / 14.06.2017
8498
1 daqiqa o‘qiladi

"Roma" sobiq futbolchisini bosh murabbiy lavozimiga tayinladi

Italiyalik mutaxassis Eusebio Di Franchesko "Roma" bosh murabbiyligiga tayinlandi. 

47 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2019 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

Di Franchesko futbolchi sifatida rimliklar tarkibida4ta mavsum o‘tkazib, 129ta o‘yinda maydonga tushgan va 16ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

"Men Rimga qaytib, o‘zim uchun doimo juda qadrli bo‘lgan jamoani boshqarishimdan xursandman. Men klub prezidenti va rahbariyatiga ushbu imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiraman. Men jamoa munosib natijalar qayd etishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman", – dedi Di Franchesko. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid