Filadelfiya bolalar şifoxonasida öttizga yaqin tajribali jarrohlar ikki nafar ön oylik qizçani bir-biridan ajratiş böyiça amaliyot ötkazişdi. Erin va Ebbi – eng noyob turdagi siam egizaklaridir: ularning boşi birlaşib ketgan. Amaliyot juda murakkab böldi va uzoq davom etdi. Biroq, barçasi ijobiy yakun topdi. Opa-singillar omadli ravişda bir-biridan ajratildi. 

Jarrohlar jamoasi ikki guruhga bölindi. Jarrohlik uskunalari ham har bir bemor uçun alohida tayyorlandi. 

Opa-singillar Pensilvaniyaga Şimoliy Karolinadan olib kelindi. Ular 2016 yilning iyulida dunyoga kelişgan. Egizaklarning onasi Xizer farzandlari qanday bölişini homiladorligining 11-haftasida bildi, biroq homilani oldirib taşlagani yöq.

Erin va Ebbi bekorga Filadelfiyaga olib kelinmadi, deb yozadi Indepedent. Bu Filadelfiya bolalar şifoxonasida siam egizaklarini ajratiş böyiça 23-amaliyot böldi. Biroq, filadelfiyalik jarrohlar bir-biri bilan boşi orqali birlaşgan bolalarni ilk bora ajratişdi. Kasallikning bunday şakli kraniopagiya deb atadi. Tanasining turli qismlari birlaşib ketgan siam egizaklari millionta tuğruqning 10 holatidagina dunyoga keladi. 

"Siam egizaklarini ajratiş – juda murakkab jarrohlik amaliyoti, - deya tuşuntirdi 7 iyun kuni bölib ötgan operatsiyada iştirok etgan plastik jarroh Jyess Teylor. – Endi qizçalarni uzoq va qiyin tiklaniş jarayoni kutmoqda. Biz umid qilamizki, hammasi joyida böladi".