«Lion» yarim himoyaçisi Korentin Tolisso «Bavariya» a'zosiga aylandi. Bugun u Myunxen klubida tibbiy körikdan ötgan va şartnomani imzolagan.
Uşbu 22 yoşli fransiyalik futbolçi bilan 5 yillik şartnoma tuzilgan. Uning uçun «Bavariya» «Lion»ga 37 million yevro tölagan.
Tolisso «Lion» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. Uşbu xavbek yakunlanganm mavsumda jamoasining turli turnirlarida jami 47 uçraşuvda maydonga tuşgan va 14 gol urib, 7 golga uzatma bergan.
«Bavariya» bungaça «Verder»dan Serj Gnabrini sotib olgandi.












