Qatar amirligi 12 mlrd dollarga F-15 qiruvçi samolyotlarini xarid qiliş böyiça bitimga erişdi. Garçi prezident Donald Tramp rasmiy Doxani terrorizmni qöllab-quvvatlayotganlikda ayblagan bölsa-da, şunday kelişuvga erişiş mumkin böldi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi. 

Qatar mudofaa vazirligidagi manbalarning agentlikka ma'lum qilişiça, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va Qatar vakillarining uçraşuvi 15 iyun kuni bölib ötişi kerak. Blumberg agentligiga köra, gap 36tagaça qiruvçi samolyotlar haqida bormoqda. 2016 yil noyabr oyida AQŞ davlat departamenti Qatarga 21,1 mlrd dollarlik 72ta törtinçi avlod F-15QA harbiy-jangovar qiruvçi samolyotlarini sotişni tasdiqlagan edi. 

9 iyun kuni Amerika prezidenti Donald Tramp Qatarni terrorizmni moliyalaştirayotganlikda ayblab, bunga çek qöiş vaqti kelganini aytgandi.

Undan avvalroq, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan va uşbu davlat bilan har qanday aloqani töxtatgan edi. 4 arab davlati Doxani terrorizmni qöllab-quvvatlaş va boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşişda ayblagandi. Keyinroq, Maldiv orollari, Mavrikiy, Mavritaniya ham diplomatik munosabatlarni uzgan davlatlar safiga qöşildi. Iordaniya va Jibuti Qatardagi diplomatik vakolatxonalari darajasini pasaytirdi. Senegal, Niger va Çad esa elçilarini çaqirib oldi.