"O‘zbekneftgaz": Zamonaviy texnologiyalarni loyihalashtirish O‘zbekistonning o‘zida amalga oshiriladi
Xalqaro Press-klubning navbatdagi, "O‘zbekneftgaz" faoliyatiga bag‘ishlangan anjumanida yosh avlodni ish bilan ta'minlash hamda kadrlar malakasini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekistonda neft va gaz sohasidagi ikkita kollej bor. Bundan tashqari 15 ta kollej "O‘zbekneftgaz" tizimiga biriktirilgan. Ulardagi bitiruvchilarning barini barqaror ish bilan ta'minlash - soha xodimlari oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri ekani ta'kidlandi.
Shuningdek bugungi kunda neft va gaz sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha dunyoning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik qilinayotgani aytildi. Bunga yaqqol misol sifatida yaqinda jahonga mashhur General Electric kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalari keltirildi. Hozirda o‘z xodimlarimizni General Electric qurilmalarida ishlash bo‘yicha o‘qitish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
Ma'lum qilinishicha, bugungi kungacha O‘zbekistondagi yirik loyihalar chet el muhandislik kompaniyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilgan. Shu narsaning oldini olish, chet elga chiqib ketayotgan valyutani o‘zimizda olib qolish maqsadida bu yo‘nalishga katta e'tibor qaratilmoqda. O‘zimizning muhandislarimizni zamon talabidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyani loyihalashni respublikamizda yo‘lga qo‘yish masalasi maqsad qilingani aytildi.
Mavzuga oid

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

15:23 / 19.03.2025