Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonga radioaktiv materiallarni tashish uchun maxsus yuk transporti berdi
AQSh O‘zbekistonga radioaktiv materiallarni xavfsiz tashishni ta'minlash uchun maxsus yuk transporti berdi.
Transportni topshirish marosimi O‘zbekiston yadro fizikasi institutida bo‘lib o‘tdi. Marosimda AQSh elchixonasidagi eksport va chegaralar xavfsizligi bo‘limi hamda AQSh energetika vazirligi huzuridagi yadroviy xavfsizlik milliy ma'muriyati vakillari ishtirok etishdi.
Maxsus transportning topshirilishi radioaktiv va yadroviy materiallar xavfini kamaytirish bo‘yicha AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikka yana bir misol hisoblanadi.
Ushbu transport evaziga Radioaktiv chiqindilarni ko‘mish bo‘yicha respublika korxonasi zararli moddalarni tashishning xavfsiz turi yordamida O‘zbekiston fuqarolarini himoyalashdagi salohiyatini oshirdi.
AQSh energetika vazirligi hamda AQSh elchixonasidagi eksport va chegaralar xavfsizligi bo‘limi potensial zararli moddalar soluvchi xavflarni yo‘q qilish bo‘yicha umumiy sa'y-harakatlar doirasida radioaktiv va yadroviy materiallarni tashish va ulardan himoyalash maqsadida O‘zbekiston radiatsion xavfsizlik markazi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Mavzuga oid
22:16
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026