Toşkent şahrida "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş – davr talabi" mavzusida anjuman bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston musulmonlari idorasi rahbarlari, din arboblari, "Nuroniy" va "Mahalla" jamğarmalari, Xotin-qizlar qömitasi, "Kamolot" yoşlar ijtimoiy harakati faollari, hokimliklar, huquq-tartibot idoralari vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, islomiy ta'lim muassasalari mutasaddilari va talabalari, jamoatçilik vakillari iştirok etişdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev bu taşkilotlar oldiga yoşlar bilan işlaş böyiça mutlaqo yangi tizimga ötiş vazifasini qöydi va e'tibor berilişi kerak bölgan jihatlarni qayd etib ötdi:

"Birinçidan, joylarda maxsus hisobga olingan fuqarolarning turmuş şaroiti, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, muammolarini örganiş, uşbu toifa şaxslar nega radikallaşib ketganining sabablarini har tomonlama çuqur tahlil etiş lozim.

Ana şu işlarning natijalari böyiça davlat va jamoat taşkilotlari faoliyatida qöllaş uçun aniq tavsiya va takliflar işlab çiqişni bugun hayotning özi talab etmoqda. Agar biz şu yönalişdagi işlarni avvalgidek davom ettiradigan bölsak, ya'ni, umumiy profilaktika işlarini yoşlar radikal diniy oqim a'zosiga aylanganidan söng ötkazadigan bölsak, bunday xavf-xatarga qarşi heç qaçon samarali kuraşa olmaymiz. 

Qisqaça aytganda, uzoqni közlab, kerak bölsa, hayotda bir qadam oldinda yurib, bizni doğda qoldirmoqçi bölganlarning hiyla-nayranglarini avvaldan bilib, birinçi zarbani ular emas, biz berişimiz zarur. Şunda davlatning – davlat, jamiyatning – jamiyat ekani bor kuçi va qudrati bilan namoyon böladi. 

Ikkinçidan, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça mahalla maslahatçilari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar va huquqni muhofaza qiliş organlarining tegişli xodimlari uçun malaka oşiriş öquvlarini taşkil etiş kerak. Bu öquvlarda ularni diniy ekstremistik va terrorçi guruhlarning iş usuli, ğarazli ğoya va maqsadlari bilan taniştirib boriş zarur. 

Adaşgan şaxslar bilan işlaydigan mutaxassis, u mahalla maslahatçisi, imom-xatib yoki profilaktika inspektori böladimi, avvalo buzğunçi kuçlar qanday ğoyalarni ilgari surayotganini bilişi kerak. 

Aks holda u ana şu ğoyalar xato ekani, dinu diyonatimiz, elu yurtimiz manfaatlariga zid kelişini tuşuntirib berolmaydi. Bunday holatda qanday qilib adaşgan kimsani töğri yölga işontiriş mumkin?

Uçinçidan, hokimlarning yoşlar bilan işlaş hamda jamoatçilik va diniy taşkilotlar, şuningdek, xotin-qizlar böyiça örinbosarlari avvalo özlari taşabbus körsatib, turli soxta va'dalar, havoyi gaplar ortidan ergaşgan fuqarolarimizning xonadonlariga kirib borişlari kerak. Ular bilan suhbat ötkazişlari, issiq-sovuği, taşviş va muammolaridan xabardor bölişlari lozim. Ularning kundalik rejasida har kuni qaysi diniy oqim a'zosi bilan uçraşiş, diniy-axloqiy jihatdan muammosi bölgan xonadonning masalasini hal etiş böyiça aniq vazifalar aks etişi şart.