Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boşlab vijdon erkinligini ta'minlaş masalasiga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz-avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklaş, qadamjolarini obod qiliş böyiça juda köp iş qilindi va qilinmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida şu haqda söz yuritdi.

"Qiyoslaş uçun faqatgina ba'zi bir misollarni keltirmoqçiman, - dedi Özbekiston Prezidenti. - Agar sobiq mustabid tuzum davrida yurtimizda 80 ga yaqin masjid faoliyat körsatgan bölsa, hozirgi kunda ularning soni 2042 tani taşkil etmoqda. 

Öşa qaramlik yillarida Özbekistonda sanoqli kişilargina haj qiliş imkoniyatiga ega bölgan edi, xolos. Mustaqillik yillarida esa har yili 5 mingdan ziyod yurtdoşimiz haj ziyoratiga borib keladi. Joriy yilda 7200 nafar fuqarolarimiz muborak haj safarini amalga oşiriş imkoniga ega bölişdi.

Buning uçun barçamiz Ollohga şukrona keltirib, siz, muhtaram ulamolar, imom-xatiblar, jamoatçilik vakillari bilan birga dinimiz tarixi, buyuk allomalar va aziz-avliyolarimiz merosini örganiş va tarğib etiş böyiça boşlagan işlarimizni davom ettirişimiz kerak".