Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Davlat bojxona qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markaziga giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraş borasida turli texnikalar va asbob-uskunalar taqdim etiladi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 iyun kuni imzolagan “2015 — 2019 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining narkotik moddalar va jinoyat boşqarmasi dasturlarini amalga oşiriş doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoyişida şu haqda söz boradi. 

Mazkur farmoyişga taqdim etilgan va Lex.uz saytida e'lon qilingan ilovaga köra, Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Davlat bojxona qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markaziga  uskunalar, texnika va transport vositalari taqdim etiladi. 

Farmoyişda ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Davlat bojxona qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markaziga loyiha doirasida taqdim etilgan uskunalar, texnika va transport vositalarini belgilangan tartibda qabul qilişni va undan samarali va maqsadli foydalanişni ta'minlaş mas'uliyati yuklangan. 

Ilovaga muvofiq, Milliy xavfsizlik xizmatiga 2ta Toyota Land Cruiser Prado yöltanlamasi, 2ta maxsus mikroavtobus, Chevrolet Gentra va Nexia yoki unga muqobil turdagi avtomobillardan 6 donadan boşqa uskunalar va jihozlar taqdim etilgan.