Keyingi kunlarda elektron ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Borovskiy nomidagi Toşkent meditsina kollejining yopilişi haqida miş-mişlar va taxminlar ilgari surilmoqda.
Ma'lumki, uşbu kollej öquvçisi Jasurbek Ibragimov öz kollejdoşi (yoki kollejdoşlari — bunisi hozirça noaniq) tomonidan yetkazilgan tan jarohatlaridan söng vafot etgani haqida xabarlar tarqatilgan, poytaxtimizda esa bu voqeaning aybdorlari qonunda belgilangan adolatli jazosini olişi borasida petitsiya ham uyuştirilgan edi.
Keyinroq kollej direktori Lutfi Yusupova ham öz vazifasidan ozod etilgani ma'lum böldi.
Tahririyatimizga kollej öquvçilaridan biri — Elzara ismli qizdan murojaat kelib tuşdi. Talaba qiz sevimli kollejining yopilişi mumkinligidan özi va kollejdoşlari çuqur iztirobda ekanligini bayon etgan.
Kollej öquvçisining yurakdan yozilgan sözlariga e'tibor bersak, öquv dargohida uning yopilişi haqida gap-sözlar çindan ham tarqagan. Garçi hozirça mutasaddi organlar tomonidan bu borada birorta rasmiy bayonot berilmagan esa-da.
«Biz P.F.Borovskiy nomidagi meditsina kollejiga öqişga kiriş — orzumiz amalga oşişi uçun qançalar mehnat qildik, öqişga puxta tayyorlandik, bu yölda qança asablarimizni sarfladik. Imtihonlardan ötdik, şundan keyin ham ança vaqt hayajonlanib yurdik va nihoyat biz kutgan şukuhli onlar keldi: «Siz öqişga qabul qilindingiz...»
Biz, albatta, Toşkentdagi xalqaro miqyoslarga çiqqan, talabalari har yili xalqaro tanlovlarda sovrinli örinlarni yutib keladigan, orzularimizni röyobga çiqaradigan yagona meditsina kollejining talabasi bölganimizdan juda baxtli edik.
Bu yerda bir yillik öqiş mobaynida biz köplab döstlar orttirdik, bilimimizni mustahkamlab, tajriba töpladik — bularning barçasi uçun ustozlarimizga çeksiz taşakkur, endi esa kelajakka rejalar quriş bilan band edik: har birimiz yetuk vraç, öz işining ustasi bölib yetişişni orzu qilayotgandi.












