Yurtimiz ostonasiga bostirib kelayotgan yovuz xavf-xatarlarning oldini oliş, ularga ma'rifat bilan qarşi kuraşişda, heç şubhasiz, dinu diyonatimiz yölida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan muhtaram domla-imomlarimiz, barça diniy xodimlarning örni va ta'siri beqiyos. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev diniy ulamolar iştirokida bölib ötgan videoselektor yiğilişida şunday bayonot bilan çiqdi.
"Sizlar inson tuğilganida çaqaloqqa azon aytişdan to uni sönggi yölga kuzatişgaça – bir umr u bilan birga bölasizlar. Ya'ni, hayotimizdagi barça yaxşi-yomon kunlarda doimo biz bilan birgasiz.
Biz sizlarning odamlarni mehr-oqibatga, halollikka çaqiriş, yoşlarni axloq-odob ruhida tarbiyalaş, oilalar, mahallalarda tinçlik, hamjihatlik muhitini mustahkamlaş böyiça olib borayotgan savobli işlaringiz uçun barçangizdan minnatdormiz.
Ayni paytda bugun zamon şuni talab qilyaptiki, bu boradagi faoliyatimizni yanada kuçaytirmasak, uning samarasini oşirmasak, şunça qilgan sa'y-harakatlarimiz bekor ketadi. Bundan buyon har bir imom-xatib faoliyatiga u iş olib borayotgan tumandagi diniy vaziyatga qarab baho beriladi.
Şu nuqtai nazardan qaraganda, Şayxontohur tumani va Andijon viloyati faollari bilan bölgan uçraşuvda muhokama qilingan masalalar va ularning yeçimi böyiça boşlangan işlarni mamlakatimiz miqyosida keng tarğib etiş maqsadga muvofiq, deb öylayman.
Men özim köp joylarda eşitaman, imom-xatiblarimizning ma'ruza va suhbatlari, afsuski, köpinça faqat tor diniy mavzu bilan çeklanib qoladi", - dedi davlat rahbari.
Holbuki, odamlarda şukronalik, ertangi kunga işonç tuyğusini, soğlom e'tiqodni kuçaytirişga asos beradigan juda köp misollarni bugungi hayotimizdan istagança keltiriş mumkinligi qayd etildi.
"Misol uçun, birgina “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida 300 dan ziyod çora-tadbir belgilangan bölib, ularning ijrosi uçun 37,7 trillion söm va 8,3 milliard AQŞ dollari miqdorida mablağ sarflaş közda tutilgan.
Dastur doirasida 2017 yilda qişloq joylarda 15 mingta yangi namunadagi arzon, takror aytaman, arzon uy-joylar barpo etiladi. Özingiz yaxşi tuşunasiz, bu dunyoda uyga muhtoj bir odamga boşpana qurib beriş ham dinimizda katta savob iş deb baholanadi.
Şu ma'noda, bunday olijanob an'analar xalqimiz hayotida heç qaçon töxtab qolmagani, davlatimiz tomonidan bugungi kunda yanada keng miqyosda davom ettirilayotganini aytib ötiş joiz, deb öylayman.












