Aççiq bölsa-da, tan oliş kerak, bugun bu ibora nafaqat davlat taşkiloti xodimlarini, balki matbuotçilarni ham boş qaşlaşga majbur qilmoqda. Sababi, bosma naşrlar serob, obunaçilar esa öşa-öşa.

Obuna mavsumi boşlanişi bilan har bir gazeta-jurnal öz mahsulotini tarğib qilişga tuşadi. Sir emaski, bosma ommaviy axborot vositalari asosan obuna, reklama va tijorat maqolalari hisobidan moliyalaştiriladi. Qaysidir amaldorning yoki taşkilot rahbarining aralaşuvi bilan amalga oşirilgan obunani hisobga olmasak, ixtiyoriy obunalar juda kamçilikni taşkil etadi.

Xöş, nega ixtiyoriy obuna kam?

Iqtisodçilar ta'biri bilan aytganda, mahsulot xaridorgir emasmi, demak u sifatsiz. Yaxşi mahsulot şundoq ham qölma-qöl bölib ketadi. Töğri, mahsulotni sifatsiz, deyiş, öta nisbiy tuşunça. Naşrlar içida yoritilgan mavzular dolzarb bölişi, heç bir imloviy yoki uslubiy xatolar uçramasligi mumkin. Ammo kerakli ma'lumot bölmasa, gazeta yoki jurnalni xaridor sotib olmaydi. Yoxud gazetani öz vaqtida yetkazib beriş bilan boğliq muammo bormi, demak, öquvçining ta'bi xira bölişi tabiiy. Zero, axborot asrida bugungi ma'lumot kun ötmay yangilanadi. Eskirgan gapni sotib oliş kimga yoqardi?

Bosma naşrlar haddan ziyod köp. Masalan, öqituvçini tibbiyot, sport, huquq, siyosat, quriliş yoki iqtisod sohasiga oid gazetalarga obuna bölişga undaşadi. Tabiiyki, xarajatlar ortib, u özi istagan naşrga obuna bölişga şoşilmaydi. Tan oliş kerak, köpgina davlat taşkilotlari öz xodimlarini faoliyatiga aloqasi bölmagan naşrlarga ham obuna bölişga da'vat etaveradi. 

Narxning qimmatligi

Darhaqiqat, bugun ixtiyoriy tarzda obuna böliş juda kam uçraydi.  Boisi, mahsulot sifati zamon talablariga javob bermaydi. Birinçidan, moddiy baza açinarli holatda, ikkinçidan sahifalarda öz yönalişiga aloqasi bölmagan maqolalar serob, uçinçidan naşrni obunaçiga öz vaqtida yetkazib beriş borasida ham muammolar yöq emas. Mazkur muammo öz-özidan vujudga kelmagan, albatta.

Nimaning hisobiga narx qimmat?

Ma'lumki, aksariyat naşrlar çop etiş harajatlarini aynan obuna bilan qoplaydi. Yetkazib beruvçi taşkilotlar gazeta-jurnallarga qöşimça narx belgilanişi obunaçi uçun qimmatga tuşişi tayin. Obuna kamligi bois, tahririyat yetkazib beriş xarajatlarini obunadan qoplaşga majbur. Biroq ayrim Ğarb mamlakatlarida yetkazib beriş tahririyatning zarariga işlaydi. Narxlarni arzonlaştiriş maqsadidagi mazkur çora-tadbirlar obuna sonini oşiriş va reklama beruvçilar e'tiborini qozonişga qaratilgan. Aniqroği, Yevropa matbuotida tahririyatlar naşrni yetkazib beriş xarajatlarini reklama va e'lonlardan tuşgan mablağlar hisobidan qoplaydi.