Rossiyaning Kuban viloyatidagi Kuşevskiy qişloğida 15 yoşli maktab öquvçisi 64 yoşli pensionerdan farzand kördi. Uşbu holat yuzasidan "16 yoşga yetmagan şaxs bilan jinsiy aloqaga kiriş" moddasi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, bola dunyoga soğlom kelgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, qiz noçor oila farzandi bölgan.
Uşbu holat yuzasidan Kuşevskiy tumanida tekşiruv ötkazilmoqda.
"Tergov borişi va natijasi prokuratura nazoratiga qöyildi. Bundan taşqari, nazoratsizlikning oldini oliş böyiça tizimlar idoralari işiga baho beriladi", deb aytildi xabarda.
OAV ma'lumotlariga köra, qiz va pensioner örtasida aloqa ularning özaro roziligi bilan boşlangan. Ular orasida aloqa borligi qiz tuqqandan keyin ma'lum bölgan. Pensionerga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.
2016 yil oktabrda Saratov viloyatida baloğatga yetmagan qiz 12 yoşli boladan farzand körgan va xuddi şu kabi iş gumonlanuvçisiga aylangan.

















