"Milan" klubi öz darvozaboni Janluiji Donnarummani xarid qilmoqçi bölgan "Real Madrid"ga yangi talab qöydi. Bu haqda AS xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, milanliklar "Real"dan kelişuvga madridliklarning asosiy darvozaboni Keylor Navasni qöşişni söramoqda. 

Avvalroq, 18 yoşli Donnarumma "Milan"ning şartnoma uzaytiriş borasidagi taklifini rad etgani xabar qilingan edi. Darvozabonning milanliklar bilan amaldagi şartnomasi 2018 yilning yoziga qadar belgilangan.