15 iyun kuni Rossiyaning Yoqutiston Respublikasi poytaxti Yakutsk şahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari qurilayotgan turar joy binolardan birida röy bergan ommaviy muştlaşuv iştirokçilarini qölga oldi. Bu haqda Yakutia.info xabar bergan. Ma'lumotlarga köra, muştlaşuvda Tojikiston va Özbekiston fuqarolari qatnaşgan.
“Politsiyaçilar avtobusga juda köplab kişilarni joylaştirdi, ulardan biri esa qoçib ketişga muvaffaq böldi”, - deya xabar qilgan guvohlardan biri. Tojik hamjamiyati ma'lumotlariga köra, ommaviy muştlaşuv qum uçun kiçik paqir sabab röy bergan.
“Ikki yoş yigit qum soliş uçun möljallangan paqirni bölişa olmadi. Ular muştlaşuvni boşlaşdi, keyin bu jarayonga tomonlarning döstlari qöşildi. Politsiyaçilar ularni uşlaşdi, suhbat ötkazişdi va qöyib yuborişdi”, - deya News.Ykt.ru’ga izoh bergan Yoqutistonning “Somoniyon” hamjamiyati raisi Muzafar Sangaliyev.
















