Çust tumanida yaşovçi Xolbek Tursunov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2013 yilda jinoyat işlari böyiça Çust tumani sudi tomonidan giyohvandlik moddasini sotgani uçun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, keyinçalik bu axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan edi. Biroq X.Tursunov bundan tegişli xulosa çiqarmadi. Oğufuruşlik bilan şuğullanişni yana boşlab yubordi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
X.Tursunov tanişi S.Alimovga 2 bölak 15,67 gramm miqdorida “gaşiş” giyohvandlik moddasini kelişilgan narxida sotayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan qölga olindi. Bundan taşqari, uning yaşaş xonadonidan ham uşbu turdagi giyohvandlik moddasi topildi.
Uning hamqişloği Bahror Asrorov ham şerigi kabi “tavbasiga tayanmaganlardan” bölib, şu jinoyat tufayli avval sudlanganligiga qaramay, takroran bu işga qöl urdi. B.Asrorov avvaldan X.Tursunov bilan giyohvandlik savdosi böyiça hamkor edi.
Şu kuni Bahrom ham huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan oğu savdosi ustida qölga olindi. Har ikki oğufuruş sud hukmiga köra jazoga tortildi.











