AQŞ prezidenti Donald Tramp 2016 yil uçun moliyaviy hisobotini taqdim qildi. 98 sahifalik hujjat hukumat huzuridagi axloq masalalari böyiça byuro saytida çop etildi.
Hujjatga köra, Tramp ötgan yil golf-klublaridan 298 mln dollar daromad olgan. U, şuningdek, Floridadagi "Mar-a-Lago" kurortidan 37,2 mln dollar işlab topgan. Şuningdek, Tramp ötgan yili Vaşingtonda oçilgan Trump Hotel mehmonxonasidan 19,7 mln dollar foyda körgan.
Hisobotda Tramp prezident lavozimiga kirişişidan oldin rahbarlik lavozimlarini tark etgan 565 ta kompaniya nomi keltirib ötilgan.
Hisobotga köra, Trampning qarzi 315 million dollarni taşkil qiladi.
Oq uyda ta'kidlanişiça, hisobot köngilli tarzda taqdim qilingan, vaholanki Tramp buni 2018 yil may oyigaça qilmaslik huquqiga ega.

















