Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar qamal sharoitlarida dori tanqisligi muammosiga duch kelmaydi
Qatar shifoxonalari qamal sharoitlarida tibbiy dori vositalari yetishmovchiligini boshdan kechirmayapti. Mamlakatdagi aksariyat shifoxonalarni boshqaruvchi "Hamad" korporatsiyasi xabariga asoslangan mahalliy The Peninsula gazetasi shu haqida ma'lum qildi.
"Shifoxonalarimiz tomonidan taqdim etilayotgan barcha tibbiy xizmatlar odatdagidek kechmoqda. Xususan, shifoxonada yotib davolanayotgan bemorlar ham barcha zarur dori vositalari bilan ta'minlangan", - deyildi korporatsiyada.
"Hamad" korporativ kommunikatsiyalar departamenti ijrochi direktori Ali Abdulloh Al-Xatirning so‘zlariga ko‘ra, korporatsiya ko‘p oylik tibbiyot materiallari zahirasiga ega. Shuningdek u dori yetkazib berilishida qandaydir muammolar yuzaga kelgan taqdirda ham, yangi yetkazib beruvchilarni topish muammo tug‘dirmasligini ta'kidlagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, qatarliklar bu borada yirik turk firmalari bilan muzokaralar olib borishmoqda.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr kabi qator arab mamlakatlari Qatar bilan diplomatik munosabatlarga chek qo‘yishdi, bunga mamlakatning go‘yoki terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi
22:38 / 17.03.2026
Finalissima-2026 bekor qilindi: Ispaniya – Argentina o‘yini o‘tkazilmaydi
19:08 / 14.03.2026