Toşkentning kiçik halqa yöli va Farğona yöli köçasi tutaşgan joydagi yöl ötkazgiç qurilişi işlari davom etayotgani munosabati bilan yölda avtotransport vositalari qatnovi vaqtinçalik yopilgan.

«Toşşahartransxizmat» kompaniyasining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma'lum qilinişiça, 18 iyundan 10 iyulga qadar trassada 12, 26, 37, 68, 81, 93 va 127 raqamli avtobuslar harakati özgaradi.

«Quriliş davrida 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yönalişlarining harakati Sarakul, Mehrijon va Qöşköprik köçalari orqali keyingi harakati öz yönalişida davom ettiradi. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyilgan xabarda.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mart oyida Farğona yölini Nukus köçasi bilan boğlovçi köprik loyihasi bilan tanişgandi. Mirobod tumanidagi bu köprikning eni 30, uzunligi 346 metr bölgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bölgan qismi esa yangidan quriladi.

Farğona yöli köçasidan Istiqbol köçasiga ötuvçi yöl ötkazgiç turar-joy dahasini aylanib ötadi va şaharning şarqiy qismini markaz bilan boğlaydi.