Volkswagen kompaniyasi I.D. Buzz kontsepti dizayniga öxşaş elektr minivenni seriyali işlab çiqarmoqçi.
Bu haqda Auto Express naşriga nemis markasi boşqaruv raisi Gerbert Diss ma'lum qildi.



Taxmin qilinişiça, yangi miniven elektr dvigatel bilan jihozlanadi. Model VW’ning bölğusi elektrokarlari uçun maxsus yaratilgan MEB platformasida quriladi. Biroq yangi maşinaning işlab çiqarilişi aniq muddatlari ma'lum qilinmagan.
I.D. Buzz kontsepti joriy yanvarda Detroyt avtosalonida ilk bor namoyiş qilingan. Miniven dizayni T1 modeli uslubida bajarilgan. Prototip umumiy quvvati 370 ot kuçiga ega ikkita elektromotor olgan. Kontsept ilk 100 km/soat tezlikka 5 soniyada erişa oladi, uning maksimal tezligi esa elektronika bilan 160 km/soat bilan çeklangan. Maşina bir quvvatlanişda 600 km ga yaqin yöl bosa oladi.



I.D. kontseptual elektrokarlari oilasiga hammasi bölib uçta model: minivendan taşqari, unga xetçbek va krossover kiradi. Ulardan eng birinçi prototip – xetçbek ötgan yil kuzida, kupesimon krossover esa 2017 yil aprelida namoyiş qilingan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, qolgan elektr kontseptlar ham konveyerga qöyilişi mumkin.













