Leonardo Di Kaprio AQŞ Adliya vazirligiga öziga tegişli "Oskar"ni topşirdi. Bu haqida bir qator OAV xabar berişdi.
Aktyor vakillarining ma'lum qilişiça, bu kinoyulduzning şaxsiy taşabbusi. Aslida esa aktyor haykalçaning musodara qilinişiga doir sud hukmini doğda qoldirişga qaror qilgan körinadi.
Bu haykalça unga "Uoll-stritlik böri" loyihasi ketidan kelgandi. "Oskar" qaçonlardir Marlon Brandoga tegişli bölgan va juda qadrli kollektsion eksponat hisoblangan. Xöş, Di Kaprio nima uçun mukofotdan voz keçdi? Gap şundaki, unga bu mukofotni taqdim etgan "Red Granite Pictures" kompaniyasi hozirda korrupsiya va pul ömarişda ayblanib, tergov nazoratiga olingan.
Ma'lum bölişiça, Leo jinoyatçi kompaniya bilan faqat bu sovğa orqali boğlanmagan. "Red Granite Pictures" kompaniyasi "Uoll-stritlik böri"ni moliyalaştirgan: aktyor u yerda nafaqat boş roldagi aktyor, balki prodyuser ham bölgan va tabiiyki, bu pullarning qayerdan kelişini yaxşi bilgan.
Kompaniyaning özi esa moliyaviy resurslarni malayziyalik korruptsioner amaldorlardan olgan. Huquq-tartibot organlari bu kompaniya tomonidan moliyalaştirilgan filmlarning barça daromadlarini musodara qilmoqçi.
Boşqalar qatorida Leo ham ziyon köradi - u film prodyuseri sifatida qölga kiritgan pullaridan mahrum böladi. Bu voqea atrofidagi xabarlar Leoning Hollivuddagi karerasini yöqqa çiqarişi, şuningdek uning atrof-muhitni muhofaza qiliş yölida topayotgan obrösiga putur yetkazişi mumkin. Zero uning "kompanonlari" öz mamlakatidagi örmon daraxtlarini noqonuniy kesiş bilan şuğullangan.












