Turli qurilmalarning ta'mirlanişga yaroqligiga baho beruvçi iFixit portali  Microsoft’ning yangi Surface Laptop noutbukiga 10 balldan 0 ball berdi. Mutaxassislar noutbuk buziladigan bölsa, uni korpusi yoki biror komponentiga şikast yetkazmasdan ta'mirlaşning iloji yöqligi haqidagi xulosaga kelişgan.

iFixit xodimlari dastlab noutbukning orqa qopqoğini oçişga imkon beruvçi biror bir vintni topişga harakat qilib körişgan. Mutaxassislar vintlar qurilmaning rezina oyoqçalari tagida bölsa kerak, deb öylaşgan. Biroq u yerda şunçaki metall qöyilmalar bölgan, xolos.

Şunda iFixit’da alkantaradan (sun'iy zamşdan) tayyorlangan klaviatura jildini olişga harakat qilingan, biroq buni beşikast qilişning iloji bölmagan. Mutaxassislar buning uçun fendan foydalanib körişgan, biroq u bir neça klavişani eritganigina qolgan, xolos. Şu bosqiçdayoq noutbukni korpusiga beşikast holda bölaklaşning imkoni yöqligi aniq bölgan. Köçirib olingan jildni joyiga qayta yopiştirib qöyiş yoki undan takroran foydalanişning imkoni yöq.  

Portal mutaxassislari oxir-oqibat noutbukning içiga yetib borişga muvaffaq bölişganda uning qismlari maxsus termohimoyalagiçlar bilan yopilgani va ularni olgandan keyin ortga qaytarib qöyib bölmasligini aniqlaşgan. 

Bölaklaş yakunlangaç, mutaxassislar öz xulosalarini çiqarişgan. 

Noutbuk içini akkumulyatorga yopiştirib qöyilgan korpusi va klaviaturasiga katta şikast yetkazmagan holda oçib bölmaydi.

Akkumulyatorning özi esa şu tariqa joylanganki, uni almaştiriş uçun noutbukni töliq bölaklaş kerak. Biroq şundan keyin ham batareya korpusga yopiştirib qöyilganiga duç kelinadi. Akkumulyatorlar servis markazlariga murojaat qilişga eng köp sabablardan biri bölişi sababli, bu noutbukning işlaş muddatini juda qattiq çegaralaydi.  

Noutbukning protsessor, tezkor xotira va qattiq diski kabi asosiy qismlari boş plataga qalaylab qöyilgan. Bu esa ularni almaştiriş yoki yangilaşni imkonsiz qiladi. Tezkor xotira yoki SSD bilan muammo çiqqanda, boş platani töliq almaştirişga töğri keladi.

Quloqçinlar uçun möljallangan raz'yomga (bu modul noutbuklarda eng köp işdan çiqadi) sovitgiç, ventilyator, displey va boş platani yeçibgina, yetib böladi. 

Portal özining 10 ballik ta'mirlaşga yaroqlilik şkalasidan Surface Laptop’ga 0 ball berdi va uni ta'mirlaş "tungi dahşat" kabi ekanligini qayd qilib ötdi.