Madridning «Real» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu soliq bilan boğliq muammolardan avvalroq klubni tark etiş haqida qaror qabul qilib bölgandi. Bu haqda Britaniyadagi naşrlar xabar yozmoqda.

Mirror naşri ma'lumot berişiça, Fergyuson va Ronaldu futbolçi «Mançester Yunayted»ni tark etganidan keyin ham döstona munosabatlarni saqlab qolişgan, Ronaldu ikki oy muqaddam sobiq murabbiyi Fergyuson bilan uçraşganida unga Madriddan ketmoqçiligi haqida aytgan. Bunga u «Real» muxlislari tomonidan doimiy huştakbozliklarga duç kelayotgani sabab bölgan, u endi Ispaniya poytaxtida özini köngildagidek his qilmay qöygan.

Eslatib ötamiz, bundan avvalgi xabarlarda portugaliyalik 32 yoşli futbolçi Ispaniya prokuraturasi özini bezovta qilayotgani tufayli jamoadan ketişga qaror qilgani aytilgandi. Prokuratura Ronaldu 2011-2014 yillar davomida jami 14,7 million yevro miqdoridagi mablağni soliq sifatida tölamaganini bildirmoqda. Futbolçining özi esa qonunni buzmaganini ta'kidlamoqda.