«Interfutbol» naşri afsonaviy futbolçi Birodar Abduraimovdan terma jamoaning sönggi natijalar haqidagi fikrlarini sörab, intervyu oldi.

Abduraimov Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan jamoaning bir qator oğriqli nuqtalariga töxtalib ötgan.

Naşr quyidagi savollar bilan murojaat qilgan:

1. Eron - Özbekiston öyini haqidagi umumiy fikrlar.

2. Özbekiston terma jamoasi Tehronda ötgan avvalgi bahsda Eronni mağlub etgan edi. Bu safar nima özgardi - Özbekiston kuçsizlandimi yoki Eron kuçayganmi?

3. Samvel Babayan ayni vaqtdagi tarkibni özbek futboli tarixidagi eng kuçlisi, deb aytgan edi. Ammo Eronga qarşi keçgan bahsda özbek futboli tarixidagi eng kuçsiz jamoa maydonga tuşdi, degan fikrga qöşilasizmi?

1. Eron termasiga qarşi keçgan öyinda har ikki jamoa örtasidagi farq yaqqol körinib qoldi. Forslarning har bir çiziğida yetarliça variant bor edi. Bizda esa…

Endi bir gap-da - ğalaba qozoniş uçun hujum qiliş kerak. Bu öyinda tayinli hujum kördikmi, özi? Bir marta Temurxöja Abduxoliqov darvoza tomon zarba berganini aytmasa, boşqa vaziyatning özi bölmadi-ku! Igor Sergeyev nima uçun maydonga tuşganini özi ham bilmasa kerak. Umuman, bu hujumçi terma jamoaga munosibligining özi bitta savol. Terma jamoa deganiga da'vogarlar bir-biri bilan raqobat qilişi kerak, kamida 4-5 futbolçi bir joy uçun kuraşsin. Bizda vaziyat qanday? Hujumda kimni körsata olasiz? Özi bir yarimta hujumçimiz bölsa, kim öyinni kuçaytira oladi?

Samvel Babayan boşqarayotgan terma jamoaning kuçli uçlikka kira olişiga ham şubha tuğilmoqda. U bizga köp narsalarni va'da qilgandi, ammo qani u aytgan Osiyoda taniqli böladigan öyin uslubi?

Hozir nafaqat boş murabbiyga, ÖFFga ham e'tirozlar yetarli. Federatsiya rahbariyati terma jamoaga yangi boş murabbiy tayinlaş çoğida faxriylar bilan maslahatlaşsa yaxşi bölardi. Samvel Babayanga termani topşiriş vaqtida bizning fikrimiz bilan heç kim qiziqmadi. Butun umri futbol içida ötgan inson boşqa iş qila olmaydi. Rahbariyat bir oğiz söraganda, biz ham öz fikrimizni aytgan bölardik. Terma jamoani boşqarişga Samvel Babayandan boşqa nomzod yöqmidi?

Jahon çempionatiga çiqiş uçun avvalo, öyinimizni kuçaytirib, Osiyoda öz örnimizga ega bölişimiz lozim. Eronda keçgan bahs mundialga nomunosib ekanimizni körsatib berdi. Kim aybdor? Bu savolga endi özingiz javob topavering. Hozir vaziyat şundayki, futbolda suyagi qotgan, iş körsatganlar bir çetda tomoşabin bölib turibdi. Professional futbolning içida bölmaganlar esa boş rolda. Bir öylab köring, Karluş Keyruş qayerda-yu, Samvel Babayan qayerda? Eron terma jamoasi bu uçraşuvni juda aqlli ötkazdi, har bir futbolçi aniq maqsad bilan harakat qildi. Bizda esa 3-4 futbolçi jon kuydirib öynadi, qolganlari esa tomoşa qilib turişdi. Jahon çempionati yöllanmasi hal böladigan öyinni ham şunday ötkazadimi?