Toşkent viloyatining Bekobod tumaniga va Bekobod şahriga yangi hokimlar tayinlandi.
Bugun, 19 iyun kuni xalq deputatlari Bekobod şahar va tuman kengaşida navbatdan taşqari sessiya ötkazilgan va unda taşkiliy masala körilgan.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berişiça, sessiyada Zafar Jorullayeviç Fayzullayev Bekobod şahri, Otabek Ubaydullayeviç Isroilov Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan.
Eslatib ötamiz, 2017 yilning aprelidan beri tumanga hokimlik qila boşlagan Turobjon Jörayev ötgan haftada Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi.











