Toşkent şahridagi Borovskiy kolleji tegrasida keçayotgan voqealar odamlarni befarq qoldirmayapti. Jumladan, Kun.uz elektron poçtasiga ham mazkur masala yuzasidan öz fikr-mulohazalirini bildirayotganlar bölmoqda. Jumladan, joriy yilning 16 iyun kuni «Nahotki Borovskiy kolleji yopiladi: kollej öquvçisining qalbidan otilgan sözlar» maqolasiga raddiya berilgan bölib, uning mazmuni quyidagiça:

“Assalomu alaykum. Men muntazam ravişda saytingizni kuzatib, undagi xabar, yangilik va maqolalarni öqib boraman. 

16 iyun kuni e'lon qilingan «Nahotki Borovskiy kolleji yopiladi: kollej öquvçisining qalbidan otilgan sözlar» sarlavhali maqolani öqib taajjubga tuşdim. Sizlarga murojaat qilgan talabaning sözlaridan avvaliga «haqiqatan ham, adolat qani?» degan savol tuğilişi tabiiy, lekin OAV va ijtimoiy tarmoqlarda jaranglayotgan sözlar qançalar töğriligi borasida bir oğiz muşohada qilib, Kun.uz’ga murojaat qilgan talabaning sözlarini tahlil qilib körsak, nima deysiz?

Avvalambor, Borovskiy tibbiyot kollejida berilayotgan ilm va tajribani boşqa bir tibbiyot kolleji bera olmasligi qayerdan olingan gap? Axir barça, xoh u oliy ta'lim muassasasi bölsin, litsey yoki kollej, boringki, maktablarimizda ham beriladigan ta'lim, kerakli vazirlik va mutasaddi taşkilotlarning maxsus xodimlari tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Şuning uçun, aytaylik, Surxondaryodagi tibbiyot kollejidan Borovskiyning heç qanday oşiq joyi yöq. 

Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotnomasiga köra, Borovskiy tibbiyot kollejida belgilangan me'yordan köra 1,5 barobar köproq talabalar öqişini, bu esa öz navbatida, bilim oliş darajasining tuşib ketişiga sabab bölişini ham yoddan çiqarmaylik. Aslida, izlanaman degan insonga qaysi dargohda öqişning umuman farqi yöq.

Şuningdek, xatda Borovskiy tibbiyot kollejida tahsil olayotgan barça talabalarni öz bilimiga asosan test sinovlaridan ötgani haqida gapirilgan. Bu borada ham gapirmay indamay turişning iloji yöq, çunki heç kimga sir emaski Borovskiy tibbiyot kollejiga kirişning öziça belgilangan stavkalari bor. Men hattoki «Borovskiy»ning 10 nafardan ortiq şunday talabasini şaxsan bilamanki, ular öz bilimiga asosan öqişga kirmagan. Yuqorida yozilganidek, ular öşa belgilangan stavkani tölab, keyin talaba bölişgan. 

Keling, endi oxirgi paytda yuz bergan hodisa kollej öquvçisining unga yetkazilgan oğir tan jarohatlari oqibatida vafot etganligi yuzasidan gaplaşsak. Albatta, har joyda har xil nojöya harakatlar bölib turişi tabiiy. Biroq har joyda ham buning oqibatida insonlar vafot etmaydi.