2017 yil 2 oktabr kuni Jinoiy işlar böyiça Toşkent şahar Mirobod tumani sudida P.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimov ölimi yuzasidan sud majlisining 3-kuni bölib ötdi. Unda sud majlisi raisi sudya M.Matçanov, davlat ayblovçisi Akromov, sudlanuvçi va uning advokati Toxirov, jabrlanuvçi N.Aliyeva hamda advokati Ismoilova, keng jamoatçilik, OAV vakillari qatnaşdi. 

Sudning 3-kungi majlisida mazkur jinoyat işida guvoh sifatida qatnaşayotgan, P.Borovskiy kollejining 3-bosqiç talabalari Boyzatov Timur va Sobirov Begzod körsatmalari tinglandi.

Ikki guvohning körsatmasidan söng, sud raisi, prokuror, sudlanuvçi va jabrlanuvçi advokatlari özlarini qiziqtirgan savollar bilan guvohlarga murojaat qilişdi.

Qayd etiş joizki, guvohlar körsatmalarining ayrim joylarida bir-biriga zid bölgan qismlar mavjud edi. Sud raisi majlis söngida sudlanuvçi I.Tölaganovga murojaat qilib, guvohlarning körsatmalarini tasdiqlaşi yoki rad etişi xususida fikrini söradi.

Sudlanuvçi Islombek Tölaganov ikki guvohning umumiy körsatmalarini tasdiqlagani holda, T.Boyzatovning ayrim körsatmalarini inkor etdi. 

Uşbu iş böyiça navbatdagi sud majlisi 2017 yil 5 oktabr kuni bölib ötişi belgilandi.