2017 yil 29 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirobod tumani sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-kurs talabasi Jasurbek Ibrohimovning ölimi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bölib ötdi.

Ikkinçi sud eşituvlarida sudlanuvçi Tölaganov Islomning körsatmalari tinglandi. U Jasurbek bilan boğliq janjal sabablari va 2017 yil 3 may kuni ikkovining urişişi qanday holatda, şaroitda bölganini, kimlar bevosita tomoşabin bölgani xususida guvohliklar berdi.

Şundan söng, mazkur sud eşituviga raislik qiluvçi Matçonov sudlanuvçiga murojaat qilib, ayrim jihatlarga oydinlik kirituvçi savollar berdi. Söngra, davlat ayblovçisi Akromov, sudlanuvçi advokati Tohirov, jabrlanuvçi advokati Ismoilova, jabrlanuvçi Alimovalar sudlanuvçiga savollar beriş imkoniga ega bölişdi.



Şundan söng, sudya Matçonov tomonlar bilan kelişgan holda navbatdagi sud majlisini 2017 yil 2 oktabrga belgiladi.

Eslatib ötamiz, Jasurbek Ibrohimov ölimi yuzasidan dastlabki oçiq sud majlisi 26 sentabr kuni bölib ötgan edi. Unda jabrlanuvçi Nilufar Alimova körsatmalari tinglangandi.
Sudlanuvçi Tölaganov Islombek Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda.











