2017 yilning 28 oktabr kuni soat 00:30 da, 1-sonli şahar klinik şifoxonasiga 1997 yilda tuğilgan Turapov Olimjon “qorin old devori va çap son sohasida sançib kesilgan jarohatlari” taşxisi bilan murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan tuşgan xabarga köra, hodisa joyiga yetib borgan tergov-tezkor guruhi tomonidan jinoyatni foş qilişga qaratilgan qator çora-tadbirlar amalga oşirilgan, deb ma'lum qildi Toşkent ŞIIBB rasmiy vakili Doniyor Toşxöjayev.

Uşbu jinoyat sabablari va sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlar tahlil qilinganda quyidagilar ma'lum böldi:

2017 yil 27 oktabr kuni “Borovskiy” nomidagi tibbiyot kollejining öquvçisi, 1999 yilda tuğilgan M.A.; Örtaçirçiq tumanidagi “Transport” kollejining öquvçisi, 2001 yilda tuğilgan Ş.A.; “Turizm” kollejining öquvçisi 1998 yilda tuğilgan F.X. Yunusobod tumani “Markaz-5” mavzesidagi köp qavatli uylar oraliğidagi bolalar maydonçasida tanişlari, heç qayerda işlamaydigan O.T., R.T., S.B., va A.R. bilan birgalikda spirtli içimliklar iste'mol qilib ötirişgan.

Soat taxminan 23:45larda şu joydan ötib ketayotgan, “Ibrohim” va “Bahodir” ismli şaxslar, ulardan tamaki mahsuloti söraşgan va ikkala tomonning mast holatda bölganliklari oqibatida özaro janjal yuzaga kelgan. 

Mazkur janjal davomida S.B. yonida bölgan suvenir piçoq bilan “Bahodir” ismli şaxsga tan jarohati yetkazgan. Ammo bu şaxs undan piçoqni tortib olib, şu piçoq bilan Turapov Olimjonning badaniga bir neça marotaba urib, oğir tan jarohati yetkazgan holda hodisa joyidan yaşiringan.

“Ayrim yoşlarning tungi vaqtlarda nazoratsiz yurişlari, yuqorida ism-şariflari qayd etilgan qizlar esa kollejda tahsil olişsa-da, yarim tunda, köçada, odob-ahloq qoidalarini unutgan holda spirtli içimlik iste'mol qilib ötirişlari, yoşlarning bunday hatti-harakatlariga nisbatan fuqarolar tomonidan loqaydlik bilan munosabatda bölişlari kabi holatlar jinoyat sodir etilişiga olib kelganligini köriş mumkin”,  - dedi Toşxöjayev. 

Uning aytişiça, bu, öz navbatida “Borovskiy”, “Transport” va “Turizm” kabi ayrim kollejlarda öquvçilar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy işlar öz ahvoliga taşlab qöyilganligi, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar esa farzandlar kelajagiga nisbatan mas'uliyatsizlik bilan munosabatda bölayotganidan dalolat beradi.