Parij markazida, Yelisey maydonida noma'lum şaxs avtomobili bilan politsiyaçilar mikroavtobusiga kelib urildi.

Uşbu hodisadan keyinoq huquq-tartibot organlari xodimlari maxsus amaliyot boşlaşgan. Ular Marini teatrini örab olişgan va odamlarni evakuatsiya qilişgan. Şuningdek, Ron-Puen maydoniga qadar yöl yopib qöyilgan.

Mikraavtobusga kelib urilgan avtomobil haydovçisi olingan jarohatlar tufayli jon bergan. Uning şaxsi aniqlandi: politsiya ma'lumotiga köra, 33 yoşli bu şaxs terrorizmga aloqadorligi gumon qilinuvçilarning «S röyxati»da bölgan. Uning avtomobilidan gaz balloni, Kalaşnikov avtomati, töpponça va öqdonlar topilgan.

Parij prokuraturasi terroristik hujum holati böyiça jinoiy iş oçgan.