Afsonaviy futbolçi Diyego Maradona «Yuventus»ning braziliyalik himoyaçisi Dani Alvesni tentak deb atadi.

«Dani Alves — tentak. U himoyaçi, ammo u öz pozitsiyasida öynamaydi. U Kafu yoki Maykonga tenglaşa olmaydi, bu futbolçilar ham Braziliya terma jamoasida qanot himoyasida zör öynaşgan. Dani Alves öyin davomida 3 marta töpga teginsa, 8 marta raqibni tepadi.

U haqda gapirgandan köra, ketganim ma'qul», — deya Maradonaning sözlarini keltirgan TyC Sport.

Bundan avvalroq Alves Lionel Messini Maradona bilan tenglaştiriş kerak emasligi, Messi 5ta «Oltin töp» egasi ekanini aytgandi. U şuningdek, Argentinaning 1986 yildagi jahon çempioni bölişi Maradona qöli bilan gol urişi tufayli röy berganini eslab ötgan.